Skip to main content
Article

Hissiy zehn

ABI

Abstract

Vizual-tasavvur zehniga ega bo‘lgan bolalarning rasm va videofilmlarni ko‘rganda o‘rganish jarayoni osonroq kechadi. Harakatga asoslangan zehnga ega bolalar uchun ushlab ko‘rish, tajriba o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganish samara beradi. Matematik zehnli bolalar mantiqqa asoslangan sabab-natija aloqasini yaxshi o‘rgansa, musiqiy zehn egalari musiqa orqali, tilga qobiliyati bo‘lgan bolalar esa tinglash va o‘qishda o‘zlarini ko‘rsatadilar. Ijtimoiy zehn sohiblari ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo‘lsa, ichki zehnga ega bolalar yolg‘iz holatda mashg‘ulot o‘tkazishdan zavq tuyishadi. Zehni qaysi turga mansubligiga qarab har bir bolaning kuchli va zaif tomonlari bo‘ladi. Agar o‘quv dargohlarida ushbu zehn turlaridan biri yoki ba’zilariga e’tibor berilib, qolganlari e’tibordan chetda qolsa, bolalar o‘z qobiliyatlarini rivojlantira olmay qoladilar. Oqibatda ularning o‘zlashtirishida muammo paydo bo‘lib, o‘rganish jarayoni uzoq muddatga cho‘zilishi yoki bu mashg‘ulot umuman qiziqish uyg‘otmasligi mumkin.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references