Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

MIS ISHLАB CHIQАRISH TEXNOLOGIK ERITMАLАRIDAN METALLARNI CHOʼKTIRUVCHI REАGENTLАR YORDAMIDA АJRАTISH

cyberleninka.rurepository2020uz
ABI

Abstract

Bugungi kunda texnika va texnologiyalarning yuqori darajada rivojlanishi metallar isteʼmoliga boʼlgan talabni ortishiga olib kelmoqda. Ogʼir rangli metallarni ishlab chiqarishning uzluksiz oʼsishi texnogen chiqindilarni isteʼmolini koʼpayishiga olib keldi, bu nafaqat metallarni qoʼshimcha ishlab chiqarish manbai, balki tayyor mahsulot tannarxini pasaytirish omili sifatida ham koʼrib chiqilmoqda. Yaqin yillarda "Olmaliq KMK" АJ mis ishlab chiqarish hajmini 1,5-2 baravar oshirishni rejalashtirmoqda, buning natijasida texnogen chiqindilar (shlaklar, gazlar, chang, shlam, yuvish eritmalari, chiqindi suv va boshqalar)ning miqdorini xam ortishiga olib keladi, ularni qayta ishlash esa maxsus yondashuvni talab qiladi. Bu holda qoʼllaniladigan texnologiyalar chiqindilar, shlaklar, atrof muhitga zararli gazlar va changning atmosferaga chiqarilishi bilan metallning yuqori darajada qaytarib boʼlmaydigan yoʼqotishlari bilan tavsiflanadi. Mis kuporos ishlab chiqarishda hosil boʼladigan texnologik eritmalar tarkibidagi mis va nikelni alohida ajratishda reagent sifatida ammoniy rodaniddan foydalanildi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon