Skip to main content
Article

ALISHER NAVOIY IJODIDA INSON MUAMMOSI

ABI

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoi ijodida inson muammosi yoritilgan. Navoiy fikricha insonning qadr-qimmati mezoni ijtimoiy kelib chiqishi va mol-mulki emas, balki uning ma’naviy qiyofasi, axloqiy sifatlari hisoblanadi. Olamdagi barcha narsalar insonga xizmat qilish uchun yaratilgan. Mutafakkir panteizm ta’limotiga asoslanib, insonni ilohiylashtiradi, uni ilohiy mavjudlik, Xudoning namoyon bo‘lishi, deb hisoblaydi. Navoiy odam asosan ijtimoiy hayot jarayonida insoniy xislatlarga ega bo‘lib boradi, deb hisoblaydi. Inson instiktiv harakat qiladigan hayvondan farqli o‘laroq aql, fahm-farosat, fikrlash, bilish qobiliyati, shunday qilib, o‘zida u yoki bu predmetlar to‘g‘risida muayyan, tizimli bilim hosil qilish, til in’omi, o‘zining fikrlari, bilimlarini boshqalarga berish ko‘nikmasiga ega. Bu ijtimoiy fikrni vujudga keltirib, insonning hayvondan ustunligini bildiradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references