GLOBALLASHUV VA MAFKURAVIY O‘ZGARISHLARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI
Abstract
Ushbu maqolada hozirgi davrning eng muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan globalizatsiya hodisasi va uning mafkuraviy o‘zgarishlarga ta’siri, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklar ijtimoiy-falsafiy tahlil qilingan. Yangi O‘zbekiston milliy g‘oyasini rivojlantirishda mafkuraviy transformatsiyaning amalga oshirilishi yuzasidan ayrim o‘ziga xos jihatlar o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqarilgan. Yurtimizda tinch-totuvlikni asrash, milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhini qaror toptirishning g‘oyaviy asoslari tadqiq etilib, bu boradagi kelgusi vazifalar haqida mulohaza yuritilgan. Jahonda kechayotgan mafkuraviy kurash maydonlarida o‘zbek xalqining g‘oyaviy raqobatbardoshligini ta’minlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shadigan yangi avlodini tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi.
Not yet translated