ZAMON QO'SHIMCHALARI USLUBIYATI
Abstract
Annotatsiya: Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi
(yoki bajarilmaydi). Grammatik shaxs so`zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs),
o`zga (III shax syoki predmet) bo`lishi mumkin. Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko`plik) bilan birgalikda
ifodalanadi. Fe’llardagi bunday grammatik shaxs va son ma’nosi ma’lum bir
grammatik ko`rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o`qidim, o`qisam,
o`qisang, o`qiyapman, o`qibman, o`qiy fe’llari tarkibidagi –m, -man, -y
qo`shimchalari ish-harakatning I shaxs so`zlovchi, ya’ni yakka shaxs tomonidan
bajarilganini ko`rsatsa; o`qidik, o`qisak, o`qiyapmiz, o`qibmiz, o`qiylik fe’llari
tarkibidagi –k, -miz, -ylik affikslari ish-harakatning I shaxs, lekin ko`p
so`zlovchilar (shaxslar) tomonidan bajarilganini ifodalaydi.
Demak, ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks
ettiruvchi affikslarni o`z ichiga oladi. SHuning uchun ham bunday affikslar
shaxs-son affikslar deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o`zgarishi
esa tuslanish deyiladi. SHaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi affikslar deb
ham yuritiladi. O`zbek tilida tuslovchi affikslar fe’l shakllariga turlicha
ko`rinishda qo`shiladi. SHu jihatdan tuslovchi affikslar uch guruhga bo`linadi.
Not yet translated