ALISHER NAVOIY ASARLARINI MAKTAB TA`LIMIDA O`RGATILISHI
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada g`azal mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher
Navoiyning hikmatlari, to`rtliklari haqida batafsil bayon etilgan.Barcha
umumta`lim maktablari o`qituvchilari foydalanishi mumkin.
Alisher Navoiy asarlarida ilm, ma`naviyat, saodat, hayotga oid ko`plab
hikmatlar mavjud.Bular, Komil inson kim?, Najot qayerda?, Dunyo hayotining
mazmun – mohiyati nima?, Insonning dunyoga kelish maqsadi nimadan iborat?
kabi savollarga mukammal javob beradi.Ochiq yuz bilan, minnatsiz qilingan
yaxshilik saxovat ustiga saxovatdir, deydi shoir. Alisher Navoiy hikmatlarini
anglay olish uchun ―May, ―Yor, ―Ishq, ―Qalb kabi tasavvufiy istilohlardan
ham xabardor bo`lish maqsadga muvofiqdir.Aks holda bu hikmatlarni yanglish
tushunish mumkin.
Biz Alisher Navoiyni mutafakkir shoir sifatida bilamiz.Mutafakkir
so`zining ma`nosi tafakkur sohibi, keng va chuqur falsafiy mushohada yuritish
qobiliyatiga ega kishi demakdir. Mutaffakir adib, birinchidan, chuqur bilim, keng
dunyoqarash, katta hayotiy tajribaga ega bo`lishi, ikkinchidan hayot, inson va
umrning ma`no – mazmuni, ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafrat, halol va
harom, fano va baqo, nafosat va qabohat, do`stlik va dushmanlik, diyonat va
xiyonat kabi azaliy va abadiy tushunchalarning mohiyatini teran anglab yetishi va
falsafiy nuqtai nazardan tahlil qila olishi, uchinchidan, fikr- mulohazalarini turli
badiiy ta`sir vositalari yordamida aniq, lo`nda va ta`sirchan ifodalash mahoratni
egallashi kerak.Bu qobiliyat hammaga ham nasib etmaydi.
Not yet translated