Skip to main content
Article

Lingvistik ekspertiza tahlil bosqichlari mazmuni

ABI

Abstract

Sud-ekspertiza sohasida turli anonim xatlar va ularning muallifini aniqlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon mas’uliyat va bilim, malakalarni talab etadi. Lingvist-ekspert qo‘lyozma matnning barcha elementlarini nazardan qoldirmay sinchiklab o‘rganishi, to‘plangan ma’lumotlar asosida umumiy xulosalar bera olishi zarur. Bu xulosalar esa bevosita matn muallifi haqidagi taxminlarni oydinlashtirishga yordam bera olishi kerak. Maqolada anonim xatlar ekspertizasini qanday o‘tkazish lozim va bunda nimalarga e’tibor qaratish kerak degan savollarga javob beriladi. Yozma matnlar ekspertizasini 4 ta asosiy bosqichga ajratish taklif etiladi, ulardan dastlabki ikki bosqichda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar tahlil etiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references