Boshlang'ich sinf o'qish savodxonligi va tarbiya darslari mazmuni va o'zaro integratsiyalashuv imkoniyatlari
Abstract
Ma’lumki, o’qish savodxonligi va tarbiya darslari mazmuni va vazifasi jihatdan
bir-biriga yaqin bo’lib, ushbu fanlarni inntegratsiyalash imkoniyatlari juda keng
va qulay. O’qish savodxonligi darslari o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirish bilan
birga bir qator tarbiaviy vazifalarni amalga oshiradi. Tarbiya darslarining asosiy
maqsadi esa o’quvchilarni har tomonlama, milliy an’analarimizga xos tarzda
tarbiyalashdir.
Shu yil ya’ni 2021-2022-o’quv yilida ishlab chiqilgan milliy dastur fikrimizga
aynan misol bo’lishi mumkin.Milliy dasturda joriy etilgan qo’llanma pedagog
xodimlar uchun bir qancha qulayliklar tug’dirdi.Unga ko’ra 1-2-sinflarda o’qish
savodxonligi va ona tili fanlarining birlashtirilishi fikrimizga dalil bo’la oladi.
Fanlarni o’zaro integratsiyalshdan asosiy maqsad o’quvchiarga berilayotgan
bilimlarni takrorlanishini oldini olish, bir xillikka barham berish va vaqtni tejab
qolishdir. Shunday ekan yuqorida ko’rib o’tilganidek integratsiyalash orqali biz
juda ko’p vaqtni tejagan holda o’quvchilarga har tomonlama puxta bilim
berishimiz va darslarni qiziqarli tashkil etishimiz mumkin bo’ladi.
Not yet translated