ADABIY VA MANTIQIY O'QISH
Abstract
Annontatsiya: Boshlang'ich ta'lim tizimida mantiqiy o'qish (matnni to'g'ri,
tushunib, tez (me'yorida) o'qish) va adabiy o'qish mukammal o'zlashtirilganidan
so'ng ifodali o'qishga o'tiladi. U yod olingan she'riy asarlarni ifodali o'qishni ham
o'z ichiga oladi. Ifodali o'qishning muvaffaqiyati o'quvchilarning asar mazmuni,
g'oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega bo'lishi bilan
bog'liq. Nasriy asarlarni ifodali o'qishdan oldin unda qanday g'oya ilgari surilayotganini
aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X. To'xtaboyevning ,,Xatosini tushungan bola"
hikoyasini ifodali o'qishdan oldin o'quvchilarga xatosini tushungan bola kirn
ekanligi, lining xatosi nimalardan iborat bo'lganligi, maqtanchoqlikning illat
ekanligi to'g'risida tushuncha beriiadi.
Ifodali o'qish oldiga qo'yilgan bu talab M.Abdurashidxonovning ,,Harkim
ekkanin o'rar", Sh.Sa'dullaning ,,Laqma it", A. Oripovning ,,Dehqonbobo va o'n
uch bolakay qissasi" kabi she'riy hikoyalarini o'qishga ham xosdir.
Badiiy o'qish. Badiiy o'qish ifodali o'qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda
so'z san'atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o'quvchidan asar nihiga
batamom kirishni, san'atkorona o'qishni talab etadi. Badiiy o'qishda asar
qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to'la anglab etilgandagina
ta'sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o'qishga tayyorgarlik ko'rishda
aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi
samara beradi.
Not yet translated