Skip to main content
Article

MUSOXON XOJA SARMYEJIY HAYOTI VA FAOLIYATI

2021uz
ABI

Abstract

Maqolada XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyo naqshbandiyamujaddidiya tariqati tarixi bilan bog‘liq epigrafik yodgorliklar tadqiq etilgan. Epigrafik ma’lumotlar orqali tariqat haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilgan. Markaziy Osiyoda XVIII-XIX asrlarda naqshbandiya-mujaddidiya tariqatining Musoxonxoja Dahbediy tarmog‘i muhim ahamiyat kasb etgan silsilalardan biridir. Musoxonxoja Dahbediy silsilani Hindistondan Dahbedga olib kelgan bo‘lsa, uning shogirdlari keng hudud bo‘ylab yoyilishiga xizmat qilgan. Silsilaning ushbu tarmog‘i vakili Muhammad Musoxon xoja Sarmejiy hayoti va faoliyati, ajdodu avlodlari, shogirdlari tarixini o‘rganilishi muhim ahamiyatga egadir. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida Muhammad Musoxon xoja Sarmejiyning avlodlariga tegishli (hozirgi Navoiy viloyati Xatirchi tumani Eshonqishloq hududidagi) Qatag‘on qabristonidagi qabrtoshlardan epigrafik ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘lindi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references