O‘ZBEKISTONDA FOL’KLOR SAN’ATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJI
Abstract
Fol’klor xalq ommasining maishiy hayoti, ijtimoiy-siyosiy turmushi, kundalik faoliyati bilan mahkam bog‘langan, o‘ziga xos g‘oyaviy estetik sistemaga ega bo‘lgan ijod sifatida shakllandi va rivojlandi. “Fol’klor” termini inglizcha (folk)- halq va (lore)- donolik so‘zlaridan yasalgan bo‘lib, “halq donoligi”, “halq donishmandligi” ma’nolarini anglatadi. U birinchi marta 1846-yil Vil’yam Toms tomonidan ilgari surilgan. Shundan boshlab bu termin xalqaro miqyosda ilmiy tushuncha, atama sifatida fanda o‘zlashib ketdi. Bugungi kunda Angliya, Amerika va boshqa Yevropa mamlakatlarida “fol’klor” atamasi keng ma’noda xalq ijodiyotining barcha soxalarida xalq poeziyasi, nasri, musiqasi, raqs, rassomlik, o‘ymakorlik, diniy e’tiqod va urf-odatlarni ifodalaydi.
Not yet translated