Skip to main content
Article

MAKTAB TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISH UCHUN USTOZLARGA YUKSAK HURMAT, EHTIROM KOʼRSATISH - JAMIYATIMIZDA OLIY QADRIYAT DARAJASIGA KOʼTARILISHI ZARUR

ABI

Abstract

Maqolada maktab taʼlimiga alohida toʼxtalib, mamlakat ravnaqi, rivojlanishi va kelajagi uchun taʼlim tizimining ahamiyati koʼrsatib oʼtilgan. Bunda birinchi navbatda taʼlim tizimining asosiy ishtirokchilari boʼlgan pedagog xodimlar maqomini oshirish bosh mezon sifatida taʼriflangan. Darhaqiqat, oʼz kasbining fidoiysi boʼlgan ilmli, bilimli, maʼrifatli muallimlar har doim ham topilavermaydi. Bugungi kun oʼqituvchisining bilimi ertangi kunni belgilasa, uning mavqeyi jamiyatning nufuzini belgilaydi. Shunday ekan taraqqiyot formulasini jamiyat hayotiga tatbiq etish uchun oʼqituvchilik maqomini oliy qadriyat darajasiga koʼtarish zarur. Respublikamizda "Pedagog xodimlarning maqomi toʼgʼrisida"gi qonun loyihasi yaratilib jamoatchilik muhokamasiga qoʼyildi. Bu Oʼzbekiston mustaqil boʼlgan davrdagi pedagog xodimlar mavqeyini oshirishga qaratilgan eng birinchi qonun hujjatidir. Mazkur qaror loyihasida pedagog xodim maqomining huquqiy asoslari, pedagogik faoliyatning asosiy prinsiplari, pedagog xodim maqomi boʼyicha davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari aniq belgilangan boʼlib, pedagog xodimlarning ijtimoiy himoyasi ham qonun bilan mustahkamlanmoqda. Mazkur maqolada olimu ulamolarning fikrlari orqali oʼqituvchilik kasbining murakkab qirralari, ijobiy sifatlari, pedagog boʼlish uchun qanday fazilatlarga ega boʼlish kerakligi haqidagi maʼlumotlar keng yoritib berilgan. Maqolada pedagog xodimning maqomini oshirishga ilmiy yondashilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references