Tafakkur jarayonlari va uning shakllanish bosqichlari
Abstract
Ushbu maqolada bugungi kundagi tezkor rivojlanishning inson tafakkuriga ko‘rsatayotgan ta’siri, tafakkur tushunchasiga lug‘aviy jihatdan alohida to‘xtalib o‘tilgan.Uning psixologiyada qanday ma’no-mazmun aks etishi, psixologlarning tafakkur haqidagi nazariyalari, tafakkur jarayonining kundalik hayotdagi o‘rni misollar orqali yoritilgan, tafakkur turlari haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, deduksiya,induksiya hodisalari, tafak-kur operatsiyalari tarkibiga kiruvchi analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash, konkretlashtirish, sistemalashtirish va tafak-kurning shakllanish bosqichlari muhokama qilingan. Bundan tashqari, barkamol shaxsni shakllantirishda tafakkurning ahamiyati,unga ta’sir etuvchi omillar, jamiyat rivoji uchun keng tafakkurli avlodni kamolga yetkazish maqsadida qaysi nuqtalarga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan.