Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

EY UNDOVI MUROJAAT OBYEKTI SIFATIDA

Mardon RAHMATOVTashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
Philology mattersjournal2022uz
ABI

Abstract

Klassik she’riy asarlarda jumla muammosi, uning serqirra va murakkab tabiatini o‘rganish dolzarbligicha qolmoqda. She’riy tizimga olib kirilgan tilning sintaktik birliklari nafaqat she’riy misra bo‘ylab qayta tiziladi, balki ular turli darajada semantik o‘zgarishlarga ham uchraydi va favqulodda murakkab tusga ega bo‘lgan she’riy qurilmalar yuzaga keladi. Bunday poetik moslanuvchan qurilmalar poetik axborot tiliga aylanadi va kommunikatsiyaga xizmat qiladi. Shunday poetik hodisalar Alisher Navoiy g‘azallarida ham kuzatiladi. Ushbu maqola Alisher Navoiy lirikasida qo‘llangan va o‘ziga xos murakkablikka ega bo‘lgan “ey” undovining tahliliga bag‘ishlangan. Unda “ey” undovining nutq sub’yekti va adresat — g‘azalxon o‘rtasidagi nutqiy muloqotni ta’minlashdagi o‘rni va uning poetik vazifasi tahlil qilingan. Tahlil uchun “ey” undovining turdosh yoki atoqli otlar, otlashgan so‘zlar bilan qo‘llanmagan turlari tanlab olindi. Bunday murojaat shakllarida murojaat obyekti aniq bo‘lmaydi, ammo uning ma’nosini bayt/misra tarkibidagi sintaktik shakllari mazmunidan anglash mumkinligi, ular ham nutqning og‘zaki dialogik shaklidagi kabi dialogizatsiyaga xizmat qilishi haqidagi xulosalar berildi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon