Skip to main content
Article

CHIZMACHILIK VA CHIZMA GEOMETRIYA FANLARINING BUGUNGI KUNDAGI MUAMMOLARI

Ko'kiyev Boburmirzo Baxodir o'g'liToshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchi
ABI

Abstract

<strong><em>Annotatsiya.</em></strong><em> Maqolada chizmachilik fanidagi ba’zi kamchiliklari aksonometriya qurish jarayoni misolida ko’rsatilgan. Umum ta’lim maktablarda chizmachilik fanini dars soatlarini ko’rib chiqish hamda 10-11-sinflarni joriy qilinishi takliflari keltirilgan. </em> Yurtimizda olib borilayotgan islohatlarning barchasi insonlarning og’irini yengil qilsh, turmush tarzini yaxshilashga qaratilayotganligi hechkimga sir emas. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak insonlarning fikirlashi o‘ylashi kechagi kunnikidan butkil farq qiladi. Davlatimiz mustaqillika erishishi bilan hamma sohalar qatori ta’lim tarbiyaga bo‘lgan e’tibor ham chetda qolib ketgani yo‘q. Bugun maktab o‘quvchilari o‘z ona tillari bilan birga ingliz, rus va boshqa tillarda so‘zashishlari uchun ta’lim jarayonida hamma sharoitlar muhayyo qilingan. Zamonaviy darsliklar o‘quv honalari sport maydonchalri hullas o‘qib o‘rganaman degan o‘quvchiga barcha sharoitlar yaratilgan. Bularning barchasi yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning sayi harakatlari bilan yaratilayotganligini unutmaslik zarurdir. 2020-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi taqdim qilindi[1]. Ushbu Murojaatnoma yangi Oʻzbekistonni yaqin yillarda kompleks rivojlantirishning ustuvor jihatlarini belgilab bergani bilan ahamiyatlidir. Avvalo, shuni taʼkidlashimiz kerakki, Murojaatnomada jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning barcha sohalari qamrab olingan. Jumladan, unda muhtaram Prezidentimiz fan, taʼlim va maorif tizimiga taalluqli bir qator strategik yoʻnalishlarni belgilab berdilarki, undan kelib chiqadigan vazifalar tizimda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yangilanayotgan jamiyatimizning taʼlim siyosati mazmun-mohiyatini yana-da chuqurroq anglashni taqozo qiladi. <strong><em>– Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasini xalqimiz katta qiziqish bilan qarshi oldi. Unda barcha sohalar kabi taʼlim sohasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Eng muhimi, taʼlimning barcha bosqichlari bilan bogʻliq ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Maktabgacha taʼlim tizimi taʼlimning dastlabki boʻgʻini sifatida oʻziga xos jihatlarga ega. Tan olishimiz kerak, yaqin yillarga qadar bu soha bir oz eʼtibordan chetda qolib keldi. Keyingi yillarda esa bu sohaga muhtaram yurtboshimiz rahnamoligida jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Umuman, maktabgacha taʼlimning jamiyat hayotida tutgan oʻrni borasidagi fikr-mulohazalaringizni bayon qilsangiz.</em></strong> Boshqa bir davlatlarga nazar soladigan bo‘lsak maktab, bog’cha nimaligini ko‘rmay katta bo‘layotgan bolalar soni qancha. Hattoki ba’zi mamalakatlarda maktabga borish o‘rniga qo‘liga qurol ko‘tarib oxir oqibat o‘lib ketayotgan bolalar qancha. Yurtboshimizni tashabuslari bilan yurtimizda ta’lim tarbiyaga bo‘lgan etibor kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Bugun talim olayotgan o‘quvchilarda vatanga bo‘lgan muxabbat yurtiga sadoqatli harbiiy yoki o‘qituvchi, shifokor vatan uchun sadoqat bilan hizmat qilish tuyg’ulari shakillanib borayotganligi kelajada yetuk mutaxasislar yetishib chiqishi kafolatidir. Bugungi rivojlanib borayotgan zamonda har bir o‘qtuvchi pedagoglarni zimmasiga yaxshi bilim tarbiya berish bilan zamonaviy texnologiyalardan foydalanib dars berish zarurati qo‘yiladi. Har bir o‘qtuvchi o‘z fanidan kelib chiqqan holda zamon talablari asosida dars berishi lozim. Fanlardagi bugungi kamchiliklarni aniqlab uni o‘z vaqtida to‘g’irlashi o‘sha muammoni hal qilish yo‘llari ustida ishlashlari lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bubungi kunda o‘qitilayotgan fanlardan chizmachilik fanini bugungi kundagi muammolarini ko‘rib chiqamiz. Chizmachilik fani aniq fanlar qatoriga kirishini inobatga olgan holda maktablarda dars soatlarining kamligi. Har bir fan o‘zining xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘qitiladi. Chizmachilik fanini xususiyatidan kelib chiqqan holda haftasiga 1 soat, bu chizmachilik fanini o‘qitish jarayoni uchun juda kam. Chizmachilik aniq fan bo‘lganligi dars jarayonidagi chizmalar va ularni o‘quvchilarga tushuntirish uchun 1 soat yetmasligi eng katta muammolardan biridir. Chizmachilik fani o‘quvchilarni tassavurini boyitishi bilan birga fikirlashni, hamda fazovir tassavurlarini boyitib boradi[2]. Chizmachilik mavzularidan aksonometriya mavzusini taxlil qiladigan bo‘lsak 1 soat bu mazu uchun juda kam chunki aksonometriyani o‘zini tushuntirish bilan 1 soat o‘tib ketadi. Aksonometriya qurish uchun esa vatq yetmaydi. [1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga MUROJAATNOMA 2020 nutqidan. THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL TECHNIQUES IN TEACHING ASSISTIVE DESIGN Kokiev Boburmirzo Bahodir ogli is a teacher at Chirchik State Pedagogical Institute in Tashkent region Page – 182.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references