POLIMER MATERIALLARNI KESISH JARAYONINING EKSPERIMENTAL VA NAZARIY TADQIQOTLARI
Abstract
<strong><em>Annotatsiya</em></strong><strong><em>:</em></strong><em> Ushbu maqolada polimer materiallarga kesib ishlov berish va kesib ishlov berganda qirindi xosil bo’kishi xaqida. Kesib ishlov berganda kesish rejimlari qanday bo’lishligi va kesish rejimlari yuza tozaligiga ta’siri xaqida tayyorlangan.</em> Plastmassa buyumlarini qoliplash, quyish (bosim ostida quyish, presslash va bosh) usullari bilan olinadi. Biroq qattiq talab bo’yicha chiqarilayotgan yuqori aniqlikdagi detallarning ko’plab turlariga polimer materiallarga kesib ishlov berish orqaligina erishish mumkun. Ishlov usullari foydalanilayotgan jixozlar va asboblarga bog’liq. Ko’pincha metall va yog’ochga ishlov berish uchun yasalgan asbobdan, dastgoxdan foydalaniladi. Bu bilan plastmassani kesib samarali qayta ishlash turlarining xilma-xilligi, istemoldagi plastmassaning qayta ishlanishidagi o’ziga xos xususiyatlari xaqidagi tasavvurning yetarli emasligi belgilanadi. Masalan kesish bilan ishlov berilgan plastmassa yuzasi ko’pincha tirnalgan bo’ladi, yoriqlar va chiziqlar bilan, kesuvchi asbobning izlari bilan qoplangan bo’ladi. Kesish natijasida ortiqcha xaroratning xosil bo’lishidan reaktoplastlar yuzasida kuyishlar va termoplastlar yuzasida erishdan xosil bo’lgan bo’rtmalar kuzatiladi, oqibatda detallarga qo’shimcha pardozlash ishlari bajarish zaruriyati paydo bo’ladi. Shuningdek, material chetini kesuvchi asbobning uqalanishi(sinish)ni va xaddan tashqari yeyilishini kuzatish mumkun. Bu qiyinchiliklarning sababi plastmassalarning reologik (taranglik, yopishqoqlik, egiluvchanlik) va termik xossalarini (solishtirma issiqlik sig’imi, issiqlikni o’tkazish, issiqlikda kengayish koifitsienti)ni yaxshi bilmaslik va xisobga olmaslikdandir.
Not yet translated