Skip to main content
Article

Armaturalangan ikki qiyali yog‘och to‘sinni loyihalash

Sardor Shoyzaqovich SarimsoqovJizzax politexnika instituti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada boshqa turdagi materiallarga nisbatan engil­ligi, agressiv muhitga chidamliligi va harorat ta’siridan chiziqli kengayish koeffitsientining kichik bo‘lishi bilan ajralib turadigan yog‘och­dan tayyorlangan konstruksiyalarning afzalligi asoslangan. Yog‘och konstruksiyalardan tiklangan binolarni isitish va sovutish uchun sarf qilinadigan energiya miqdori temirbeton konstruksiyalardan tiklanadigan binolarga nisbatan 65% kam ekanligi ta’kidlangan. Bundan tashqari yog‘och konstrukiyalarning engil bo‘lganligi sababli zilzilabardosh ekanligi asoslan­gan. Maqoladi shu sohada tadqiqotlar olib borgan olimlar ishlari tahlil qilingan. Armaturalangan ikki qiyali yog’och to’sinni konstruktiv yechimi keltirilgan va bu to’sinni elementlari­ning tashqi yuklar va seysmik ta’sirdan kuchlanish-deformatsiyalanishi sonli usulda tadqiq qilingan. Bunda rigel yuqori tarkibli tasmasining go­rizontga nisbatan qa­bul qilingan. bo‘yicha bajarilgan hisoblar tahlili natijasida armaturalangan ikki qiyali yog’och to’sinni ko‘ndalang kesimlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Rigel yuqori tarkibli tasmasining go­rizontga nisbatan bo‘lganda tadqiqotlar o‘tkazish tavsiya etilgan.

Not yet translated

Topics

Citations and references

Cited by 00 references