Skip to main content
Article

KALLA SUYAGI POSTTRAVMATIK DEFEKTLARIDA KLINIKO-NEVROLOGIK SIMPTOMLAR XUSUSIYATLARINI VA KRANIOPLASTIKA TURLI USULLARI SAMARADORLIGINI O'RGANISH

Mamadaliyev Abduraxmon MamatkulovichSamarqand davlat tibbiyot universitetiAliyev Mansur AbduxolikovichSamarqand davlat tibbiyot universitetiSaidov Komron JumanazarovichSamarqand davlat tibbiyot universiteti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada kranioserebrabral travmalar tufayli kalla suyagi turli sohalarida rezeksion trepanatsiya qilingadan keyin hosil bo’lgan posttravmatik defektlarni kranioplastika qilish natijalari tahlil qilingan. Tadqiqotga Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasi neyroxirurgiya bo’limida 2018-2021 yillarda “Kalla suyagi posttravmatik defektlari” tashxisi bilan operativ davolangan 60 nafar bemorlardagi natijalar o’rganilgan. Kalla suyagi defektlari titan plastinkalari yordamida “VEER” simon konstruksiya bilan autokranioplastika qilingan I guruh va suyak defektlari «cranial-mesh» (titan setka) yordamida allokranioplastika qilingan II guruh bemorlariga ajratilgan. Tadqiqotlar xulosasida titandan tayyorlangan implantlardan foydalanish kalla suyagining murakkab defektlarini bartaraf etish vazifasini optimallashtirishi, yumshoq to’qima shikastlanishi va operatsiya davomiyligini kamaytirishini, yaxshi funksional va kosmetik natijalar berishini ko’rsatdi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references