ТUG'RUQ JARAYONIDA OLINGAN KRANIOSEREBRAL TRAVMA OQIBATINI DAVOLASH NATIJASINING TAHLILI (KLINIK HOLAT)
Abstract
Ushbu maqolada tug’ruq jarayonida olingan kranioserebral travma oqibatida bosh miyaning chap chakka sohasidagi intraserebral qon quyilishi, qadoqsimon tana, bosh miya o’ng tepa, chap chakka sohasidagi tolalarning ingichkalashishi, uzilishi va siyraklashishi, bolalar serebral falajligi, psixomotor rivojlanishdan orqada qolish, tetrasindrom  kuzatilgan bemor B. (7 yoshli) dagi davolashdan oldingi va keyingi davrlarda klinik-nevrologik, neyrorentgenologik va neyrofiziologik o’zgarishlari tahlil qilindi. Bemorga SamDTI 1-klinikasi neyroxirurgiya bo’limida birinchi marta so’riltiruvchi terapiya o’tkazilgan, gematoma so’rilgach, 3 oydan so’ng ikki marta lyumbal punksiya qilinib, endolyumbal ozon va pirasetam insufflyatsiyasi muolajasi o’tkazilgan. Davolashdan keyingi davrdagi bosh miyaning MRT va MSKT tekshiruvlarida intraserebral gematoma va gematomadan keyingi kistoz-glioz chandiqning so’rilishi, MR-traktografiyada esa traktlar morfologiyasining tiklanganligi (traktlarning neyroregeneratsiyasi) aniqlandi.