BOSHLANGʻICH SINFLARDA MATEMATIK TUSHUNCHA VA SINFDAN TASHQARI MASHGʻULOTLARNI TASHKIL ETISH UCHUN TAVSIYALAR
Abstract
<strong> Annotatsiya: </strong>Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun matematika o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida to'xtalib o'tiladi. Keyingi 20 yil mobaynida mamlakatimiztalimida, xususan o’rta maktabda matematika o’qitish ayniqsa, boshlang’ich ta’lim tizimida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirildi va oshirmoqda. Ayniqsa, respublikamizning mustaqilligidan keyin, Ta’lim to’g’risidagi Qonun va boshqa farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol isbotidir. 1.Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rganish faoliyati shakllanganligining mohiyati va bosqichlarini tashxis qilish; 2.Matematika kursi materialida boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatish mazmuni va o’rgatish jarayonining texnologik shart-sharoitlarini aniqlash. Tadqiqotning nazariy va metodologika sifatida ta’lim va boshqaruv sohasidagi shaxs nazariyasi, o’qitish metodikasi faoliyati, psixologik va pedagogik qonuniyatlari va yondashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga tayandik. Ishning metodologikasosini O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning barkamol shaxsni tarbiyalash haqidagi dasturiy fikrlari tashkil etadi. Tadqiqot bosqichlari:Muammoni tadqiq etish quyidagi tartibda amalga oshirildi: Birinchidan tadqiqotning dastlabki ilmiy farazi ifodalandi. Bitiruvishiga mavzusiga doir adabiyotlar o’rganildi. Tadqiqot mazmuni, mohiyati,mashg’ulotlar,taxminlar ishlab chiqilib,keng ko’lamli tekshirishishlari olib borildi. Ikkinchidan tajriba va nazorat guruhlaridagi o’quvchilarda algebrik tasavvurni hosil qilish faoliyatini shakllantirishga qaratilgan tajriba-tadqiqotishlari tashkil etildi. Tadqiqot metodlari mavzuga oid adabiyotlarni o’rganishga asoslangan nazariy va tarixiy tahlillar; tajribalar, kuzatishlar, anketa so’rovlarini uyushtirish, suhbatlar Respublika foydalanilayotgan o’quv qo’llanmalari, darsliklarini didaktik tahlil qilish, algebra elementlari o’rgatishga doir ishlanmalarini yozish va sinab ko’rish va h.klardan foydalanildi. 1.2. Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni umumlashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari Hozirgi vaqtda ilimiy-texnika taraqqiyoti asrida matematika muhim rol o’ynaydi shuning uchun keyingi o’n yilliklarda maktab matematikasini bir necha marta dasturiga o’zgarishlar kiritildi. Yangi DTS va dastur bo’yicha matematikadan yangi metodik sistema ishlab chiqildi. Matematika o’qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o’quvchilarni umumiy sistemada o’qitish va tarbiyalash vazifasini qo’yadi. Umumiy metodika boshlang’ich sinf matematikasining mazmunini va tuzilishini ochib beradi,har bir bo’limni o’qitishning o’ziga xos xususiy metodlarini o’rgatadi. Xususiy metodika matematika o’qitishning asoslangan metodlarini va o’qitish formalarini,shuningdek o’quv faoliyatlarini tashkil qilish yo’llarini ko’rsatadi. Ma’lumki o’qitish tarbiyalash bilan bog’liqdir. Metodika o’qitishni tarbiyalash bilan qo’shib olib boorish yo’llarini o’rgatadi. Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. O’qitish asosi bo’lgan matematika bilan. Umumiy pedagogika. Yosh davrlari psixologiyasi, pedagogik psixologiya. Boshqa o’qitish metodikalari bilan(ona tili,mehnat,...). Boshlang’ich matematika o’qitish kursi o’quv predmetiga aylangan. Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasining o’qitish vazifalari: Ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi, Nazariy bilimlar sistemasini o’rganish jarayonini yoritib berishi kerak. O’quvchilarning ijtimoiy-siyosiydunyo qarashini shakllantirish yo’llarini o’rgatishi kerak. Insonni tarbiyalash vazifasini yoritib beradi. Matematika o’qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o’zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko’rsatib beradi. 1.3. O‘quvchilarning matematikadan o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini o‘rganish. O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir.Didaktikada uni amalga oshirishning turli usullari ishlab chiqilgan,bu—o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat va mustaqil ishlar; uyva zifalarini tekshirish ,testlar ,texnik vositalar yordamida sinash. Didaktikada darsturiga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va boshqalarga bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu usulidan foydalanish masalalari va shuningdek, nazoratni amalga oshirish uslubiyoti yetarlicha chuqur ishlabc hiqilgan. Boshlang‘ich maktab matematika o‘qitish uslubiyotida mustaqil va nazorat ishlari,o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi bir didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini, boshqalari boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa,oz jamlangan maktab uchun mo‘ljallanganlarida)o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir.
Not yet translated