ADABIYOTIMIZDA TAKRORGA ASOSLANGAN BADIIY SAN'ATLAR
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy adabiyotda kata ta’sirga ega bo‘lgan badiiy san’atlar, shuningdek so‘z takroriga asoslangan san’at turi tahlilga tortiladi. Adabiyot so‘nmas ma’naviyat chirog‘idir. U tarqatgan nur insonni badiiyatga cho‘mdiradi. Adabiyot inson, shuningdek jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, an’anaviy qiyofalarini ochib beradi. Adabiyotda har bir xalqning ona Vatani, o‘ziga xos milliy xarakteri, barchaga azaliy bo‘lin qolgan insoniylik ufurib turadi. Adabiyot adab so‘zidan kelib chiqqan. “Adab” so‘zi tor ma’noda adabiyot ilmi ma’nosini anglatadi. Sharq islom olamida hozirgi “adabiyot” istilohi “adab ilmi” deb yuritilgan. Keng ma’noda esa, birinchi navbatda har bir ishda me’yorini saqlash tushunchasini beradi. Bu fazl-u ziynatlar insonni komillika olib chiqadi. Adabiyot komillik sari chorlaydi” [1]. Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, adabiyot insonni tarbiyalaydi, uning ong osti ma’naviyatini yuksaltiradi. Adabiyot bizga ruhiy olam bag‘ishlaydi. Cho‘lpon: “Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan, qoralangan, o‘chgan, majruh yaradir, ko‘ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan, qora balchiqlarni tozalaydurg‘on, o‘tkir yurak kirlarini yuvadigan toza ma’rifat suvi, xiralangan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladurg‘on buloq suvi bo‘lganligidan bizga juda kerakdir” deb adabiyotga yuksak darajada ta’rif beradi. Adabiyot jonning badiiy ozuqasi. Adabiyotni go‘zallik bag‘sh etadi deb aytganlari rost. Bu go‘zallik esa so‘z san’ati orqali namoyon bo‘ladi. Insonga, butun boshli borliqqa san’at kata ta’sir ko‘rsatadi.O‘zining ichki olamini ko‘zgu sifatida qo‘liga topshiradi. Shuning uchun ham “Adabiyot – so‘z sa’ati” deb yuritiladi. So‘z san’ati yordamida adabiyotda asar tarkibiga emotsional-ekspressiv bo‘yoq, mubolag‘aviy tasvir yuklanadi. Badiiy san’atlar adabiyotning she’riyat turi bilan uzviy bog‘liq, ayniqsa mumtoz she’riyat bilan. Badiiy san’atlarning ikkinchi nomi she’riy san’atdir. Shoirning his-tuyg‘ularini qay tarzda ifodalanishi bu badiiy san’atdir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Adabiyotimizda shu kungacha badiiy san’atlardan barcha ma’aviyatimiz yulduzlari unumli ravishda foydalanilgan. Buyuk sohibi kalomlar o‘z asarida o‘rni va me’yori bilan qo‘llaganlar. Mavlono Atoiy va Mavlonom Lutfiy, Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur, Mashrab va Ogahiy, Nodira va Uvaysiy, Furqat va Muqumiy asarlari fikrimiz dalilidir. Shayx Ahmad bin Xudoydod Taroziy “Funun-ul balog’a” asarida o‘z davrida 10ta she’riy janrlarga tavsif beradi. Bular: qasida, qit’a, masnaviy, tarje, musammat, mustazod, mutavval, fard. Alisher Navoiy ijodida “Xazoyin ul- maoniy” da she’riy janrlarning 16ta xili mavjud. Ularning barakalisi ruboiydir [2]. Adabiyotimiz ravnaq etgan sayin, saqn’atlarni ich-ichidan o‘rgtanishga zamin yaralgan. A. Hojiahmedovning “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya”, A.Asallayevning “Badiiy san’atlar” ilmiy kitoblari va Dilmurod Quronov, Najmiddinn Komilov, Shuhrat Rizayev, Bahodir Karimov kabi istedod darg‘alarining ilmiy-tadqiqot ishlari uni mazmun-mohiyatini chuqurroq anglashga zamin yaratadi. MUHOKAMA She’riy san’atlar badiiy asarda ifodalangan g‘oyalarnin hayotiyroq, ta’sirchanroq ifodalanishga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirishga, misralar, bandlarning lafziy, nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qilgan. She’riy san’atlar muayyan badiiy tamoyillarga asoslangan. Bulardan eng muhimi she’riy san’atlarning asar mazmuni biolan uzviy bog‘liqligi sanaladi [3]. San’atlarning ichida so‘zning takroriga asoslangan san’atlar aynan so‘zning shakliy jihatiga bog‘liq. Ularga: takrir, mukarrar, tardi aks, rad, rad-ul-matla, anaphora, epifora, assonans, tasbe, tasdir kabilar kiradi. Ular baytning muayyan bir o‘rnida kelib, misralar oxirida, boshida, yoki o‘rtasida takrorga tayaniob shakllandi. Takrir. Takrorga btayangan she’riy san’at. “Takrorlash” ma’nosini beradi. Asosan takror baytdagi ta’kidni ifodalash uchun ishlatiladi. Yusuf Xos Hojib: “Qayusi qo‘por, ko‘r, qayusi qo‘nar  Qayusi chapor, ko‘r qayu suv ichar” [4]. Baytda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar asosan so‘roq shaklning ta’kidiga sababchi bo‘lyapti. Takrir misralarda bir so‘zning xohlagan o‘rinda takrorlanib kelishidir. Mukarrar. Bu san’at “qayta-qayta”, “usti-usti” ma’nolarini beradi. Baytdagi so‘zning muayyan o‘rinda takrorlanib, juftlanib kelishidir. Bu san’at takrirga yaqin turadi. Har bir baytda juft so‘zlarning qo‘llanishin mukarrarga xos xususiyat. Quyidagi baytda ko‘rishimiz mumkin: “Do‘stlar, men telba ahvolig‘a yig‘lang zor-zor Kim, solodur gaz-gaz o‘t ko‘nglumga tushgan xor-xor” [5]. Aslida mukarrar san’ati g‘azalning matlasida ishlatilgan juft so‘zning ta’siri butun boshli g‘azalda ifodalanishidir. Buni Rashidi Fatvo ( “Badoye ul-sanoyi” asrida ) aytib o‘tadi.