Skip to main content
Article

Raqamli (elektron) arbitraj qo‘llanilishi xalqaro tajribasi (Amerika Arbitraj Assotsiatsiyasi, CyberSettle va Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti misolida)

Mohinur Bahramovayuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi, Intellektual mulk huquqi kafedrasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
ABI

Abstract

E-Arb shartnomasiga elektron shartnoma sifatida qaraladi va u masofaviy tuzilgan shartnomalar bilan bog‘liq. Bu xususiyat E-Arb shartnomasini (jismoniy jihatdan mavjud bo‘lmagan ikki taraf tomonidan tuzilgan) ikki jismonan mavjud bo‘lgan taraflar tomonidan tuzilgan an’anaviy arbitraj bitimidan ajratib turadi. Shu sababli E-Arb bitimlarini tuzish uchun AKTdan foydalanish E-Arb kelishuvining eng muhim xususiyatlaridan biridir, chunki arbitrajda ishtirok etuvchi barcha tomonlar zamonaviy AKTdan muloqot qilish uchun foydalanadilar. Bu e-hujjatlarni tekshiri-shni o‘z ichiga oladi, bu bahslashuvchilar va tayinlangan arbitrlar tomonidan kelishilgan dasturiy ta’minot orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, bu kredit yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lov sifatida elektron tarzda o‘tkaziladigan arbitraj to‘lovlari va xarajatlariga ham tegishli. E-Arbni an’anaviy kelishuvlardan ajratib turadigan yakuniy xususiyat uning xalqaro xarakteris-tikasidir. Shartnoma, odatda, turli mamlakatlardagi turli millat vakillari tomonidan universal aloqa usuli (ya’ni internet) orqali tuziladi. Shunday qilib, elektron usulda tuzilgan arbitraj bitimi xalqaro miqyos va xususiyatga ega bo‘lib, u an’anaviy arbitraj-dan oldin tuzilgan bitimlarda bo‘lgani kabi milliy va mahalliy xarakterga ega bo‘ladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references