Skip to main content
Article

FORS TILI SO‘Z TURKUMLARINING GAZETA MATNLARIDAGI FUNKSIONAL VA USLUBIY XUSUSIYATLARI

Dilfuz AKHMEDOVATashkent State University of Oriental Studies
ABI

Abstract

Hozirgi kunda tilshunoslikda tilni funksional-uslubiy aspektda o‘rganish jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan sanalib, til birliklarining turli funksional uslublar sathida qo‘llanishini tadqiq etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Butun dunyo ijtimoiy-siyosiy vaziyatining o‘zgarib borishi natijasida matbuot vositalarining ahamiyati oshib borgani sari, uni chuqur o‘rganish talabi ham oshmoqda. Publitsistik matnlar, xususan, gazeta matnini lingvistik tahlil qilishga funksional yondashuvda til birliklarining semantikasi va shakli, ularning matn hosil qilishdagi vazifasidan kelib chiqib o‘rganiladi. Ushbu funksiyani bajarishda til birligining semantikasi va shakli uni gazeta matnini vujudga keltiruvchi vositaga aylanadi. Eronshunoslikda ham so‘z turkumlari va ularning ma’noviy guruhlarini funksional uslublar doirasida qo‘llanishi tahlili alohida ahamiyat kasb etsa-da, bu borada maxsus tadqiqotlarni amalga oshirish dolzarb hisoblanadi. Fors tili gazeta-publitsistik uslubini tadqiq etish zamonaviy eronshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan sanaladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references