Skip to main content
Article

BO'LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY-METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING UMUMIY ASOSLARI

Boyqo'ziyeva Latofat Abdivali qiziGuliston davlat universiteti, maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-kurs magistranti
ABI

Abstract

Davlat va jamiyat taraqqiyoti, istiqboli, ravnaqidagi ma'naviy yuksalish, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan joy olish - qalbi va ongida ezgu fazilatlarni o'zida mujassam etgan, har tomonlama yetuk yoshlar bilan bog'liq bilimli, yuksak infellektual salohiyat, vatan taqdiri uchun sidqidildan xizmat qiladigan, sadoqatli avlodni voyaga yetkazadigan sitki, ayni paytda mas'uliyatli vazifani yuklaydi. Mamlakatimizda ona va bola salomatligini asrash, yosh avlodni ma'naviy va barkamol etib tarbiyalash ustuvor vazifalardan biridir. Bola tug'ilishi bilanoq unga ta'lim berish oliy maqsadga aylandi.Ilgari bolalar bog'chasi deb nomlangan muassasa bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasasi sifatida tan olingan. Ushbu maqolada bo'lajak tarbiyachilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning umumiy asoslari haqida fikr va mulohazalari yuritiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references