Ingliz tili grammatikasini akt bilan o‟qitish
Abstract
Hozirgi kunda dunyoda innovatsion texnologiyalarni ko‘payishi hamda jahon hamjamiyatlari o‘rtasidagi globallashuvni rivojlanishi ta‘lim va tarbiyada shu bilan bir qatorda yurtimizda chet-tili sifatida o‘qitilayotgan jahon tillaridan biri hisoblangan ingliz tilini o‘qitish va o‘rgatishda yangi yondashuv va uslublarni talab qilmoqda. Ingliz tilida to‘g‘ri va ravon so‘zlashish uchun uning grammatikasi qonun-qoidalaridan boxabar bo‘lish juda muhim. XXI asr axborot kommunikatsion texnologiyalari asri, biz hayotimizning har bir jabhasida ularning turli tumanlaridan foydalanayabmiz. Zamonaviy yoshlarimiz AKT ning qulayligi, qiziqarliligi va samaradorligi yuqori bo‘lganligi sababli ham ularni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari yuqoridir.