YOSHLARDA OMMAVIY AXBOROT HURUJLARIGA PSIXOLOGIK IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH
Abstract
<em>Yoshlarda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to‘la shakllanmaganligini, ularda eshitgan yoki o‘qigan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu ancha e’tibor qaratish zarur bo‘lgan global muammodir. Ta’kidlash lozimki, internetdan tarqatilayotgan qo‘poruvchilik ruhidagi axborotlar orqali ba’zan harbiy harakatlar evaziga amalga oshirib bo‘lmaydigan maqsadlarga ham erishish mumkin. Bunday axborot xurujlari esa yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligini unutmaslik kerak. Buning asosiy sabablaridan biri esa tajovuzkorlikni targ‘ib etuvchi tele, radio, audio va multimedia mahsulotlari internetdagi ma’lumotlar, kompyuter o‘yinlarining ko‘payib borayotgani va xilma-xil usullarda tarqatilayotganidir. Ularning barchasi bolalar va yoshlarni psixik va psixoemotsional holatiga bosim o‘tkazish, ularni zimdan boshqarish axboriy-psixologik ta’sir o‘tkazishning samarali vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.</em>
Not yet translated