Skip to main content
Article

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA SAMARQAND SHAHRI O'ZBEK SHEVALARINING QO'LLANILISHI YUZASIDAN MULOHAZALAR

Tillabayeva Zilola RaxmatillayevnaSamarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o'qituvchisi Samarqand, O'zbekiston SamDCHTI tadqiqotchisi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarining o‘zbek tili taraqqiyotida, xususan, turkologiya ilmida tutgan o‘rni, shoirning so‘z qo‘llash mahorati, so‘z semantikasini anglash darajasi tahlilga tortilgan. Samarqand shahri o‘zbek shevalariga xos so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari, boyish manbalari, shahar shevalarining XV asrdagi ko‘rinishi xususida ayrim mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, Navoiy asarlarining til xususiyatlari, bu borada olib borilgan tadqiqot ishlari, erishilgan ilmiy yutuqlar va shoir ijodida mazkur shevalarning qo‘llanilishi haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, Alisher Navoiyning izohli lug‘ati asosida yig‘ilgan shevaga xos so‘zlar leksik-semantik guruhlarga bo‘lib tahlil qilingan. Adib asarlarida qo‘llanilgan dialektal so‘zlar ma’nosi Samarqand shahri o‘zbek shevalariga xos so‘zlar ma’nosiga qay darajada yaqin yoki ma’nosi uzoqlashganligi borasidagi masalalarga ham alohida e’tibor berilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references