ALISHER NAVOIY IJODIDA ARBA'IN-HADIS VA XXI ASR AN'ANALAR POETIKASI
Abstract
Keyingi davr ijodkorlari orasida birortasi yo‘qki, Alisher Navoiy ijodini o‘qib, undan ta’sirlanib ilhomlanib ijod qilgan bo‘lmasa. Alisher Navoiy ijodidagi arba’innavislik uslubi bugungi kun ijodkorlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, bu mavzu Abdulla Oripov, Jamol Kamol, Shukur Qurbon, Mirza Kenjabek, Sirojiddin Said, A’zam O‘ktam, Abduvali Qutbiddin ijodlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu maqolada izlanishlar samarasi o‘laroq vujudga kelgan yangicha uslub va shakl, ijodiy kechinmalar va o‘ziga xos poetik topilmalar, hamda arba’in-hadis an’analari poetikasi haqida fikr yuritiladi. Alisher Navoiy o‘z arba’in-hadis namunalari bilan asrlar osha saboq bo‘lib xalqqa xizmat qiladigan durdona asar yaratadi. Bunday asarlar bugungi kun yoshlari qalbida ham vatanga mehr, insoniylik, iymon-e’tiqod tushunchalarini kuchaytirishda alohida bir ijodiy vosita sifatida xizmat qiladi. Zero, adabiyotda ezgu fazilatlar masalasi hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. Maqsadimiz ana shu harakatga hissa qo‘shishdir.
Not yet translated