Skip to main content
Article

NAVOIY ASARLARI VA BUGUNGI KUN ADABIYOTIDA RUHIY KECHINMALAR TALQINI

Djurakulova Elmira SuyunovnaSamDU mustaqil tadqiqodchisi
ABI

Abstract

Ma’lum bir davr va uning vakillari haqida qiziqarli va muhim voqealarni to‘xtovsiz so‘zlash mumkin, ammo voqealarning shunchaki bayoni badiiy asar darajasiga ko‘tarilishi uchun ijodkor turli badiiy tasvir vositalaridan foydalangan holda voqealar bayonini san’at asari darajasiga olib chiqadi. Asardagi badiiy obraz xarakterini chuqur va to‘liq ochib berishda muallif badiiy tasvir vositalari bilan bir qatorda psixologik tasvir vositalaridan ham foydalanadi. Ushbu maqolada badiiy psixologizm, inson ruhiyatining badiiy asarda, lirika va nasrda tasvirlanishining turli qirralari Navoiy va bugungi kun adabiyoti vakili Shoyim Bo‘tayev asarlari misolida talqin qilingan. Alisher Navoiyning g‘azallaridagi tuyg‘ular tasviridagi betakrorlik, hazratning obrazlar ruhiyatini aks ettirishda til qudratini nechog‘lik teran his qilishi va undan mahorat bilan foydalana bilishi singari jihatlarga atroflicha to’xtalingan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references