Skip to main content
Article

NAVOIY – GO'ZAL XULQ SOHIBI (Makorim ul-axloq asari asosida)

Xudoyqulova Dilnoza Abdujabbor qiziQarDU Pedagogika instituti Tillar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich magistranti
ABI

Abstract

G‘iyosiddin Xondamirning qalamiga mansub «Makorim ul-axloq» asari boshidan to oxiriga qadar Alisher Navoiy haqida yozilgan. Yozuvchi quyidagi asarni XV asrda, ya’ni Navoiyning vafoti yillarida yozib tugallagan. Ushbu asarda Xondamir o‘ziga ustoz deb bilgan Alisher Navoiyning barcha ezgu fazilatlari va olijanob xulqlarini ta’riflagan.Asarda ustoz va shogird munosabatlari yaqqol ifoda etilgan. «Makorim ul-axloq» Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, olijanob fazilatlari va tug‘ilishidan to umrining oxirigacha davlat va jamoat ishlarida qilgan ezgu amallari haqida hikoya qiluvchi asardir. Asar muqaddima, o‘n maqsad va xotimani o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari xotimada Hazrat Navoiyning vafot etish voqealari izchil bayon etilgan. Afg‘onistonlik adabiyotshunos, tarixchi ,shoir va yozuvchi Abulg‘affor Bayoniy asarning asosiy matnidan so‘ng Xondamirning hayoti va ijodi, yozgan asarlari haqida maqolalar tarzida boblar keltiradi. Undan so‘ng asarda nomlari keltirilgan joylar va shaxslar haqida ilovalar yozadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references