XXI asrda xorijiy investitsiyalar bo‘yicha tushunchalar
Abstract
Ushbu maqolada, asosan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investit-siyalarning huquqiy va iqtisodiy tahlili olib boriladi. Bunda qabul qiluvchi mamlakatlarning shu paytgacha xorijiy investit-siyaga nisbatan qanday siyosat olib borganliklari, klassik, qaramlilik va o‘rta yo‘l nazariyasi orqali ochib beriladi, shuningdek, O‘rta yo‘l nazariyasining keyingi paytlarda dunyo mamlakatlari tomonidan keng qo‘llanilayotganligi haqida so‘z yuritiladi. Ikki tomonlama investitsiya shartnomalari yangi avlodining yuzaga kelishi natijasida rivojlangan va kapital eksport qiluvchi davlatlar uni qabul qiluvchi davlatlarning moslashuvchan investitsiya siyosatlariga qarama-qarshi o‘laroq, klassik nazariya elementlarini o‘z ichiga olgan siyosat yuritayotgan-liklari hamda rivojlanayotgan davlatlarning ichki sanoatini o‘stirishni yetarli darajada hisobga olgan holda investitsiya siyosati yuritishlari foydadan xoli emasligi misollar orqali ko‘rsatib o‘tilgan.
Not yet translated