Skip to main content
Article

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH VA ULARDAN FOYDALANISH AHAMIYATI

Boliyeva DildoraSamDCHTI, Ingliz tili 2 fakulteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda ingliz tili yo'nalishi talabasi Boliyeva Dildora
ABI

Abstract

Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda intelektual salohiyatni ro’yobga chiqarish va ularni har tamonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkish- davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalaishiga aylangan. Chunki jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni yaratadi. Xalqimizning boy madaniyati, rivojlanayotgan iqtisodiyoti, fan texnika va texnologiya sohasida erishilgan yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllnatirish, Vatanimiz rivojlanish taraqqiyotining muhim shartidir. \nPrezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi.Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va o‘quv tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish bilan birgalikda ta’lim tashkilotida tarbiyalonayotgan farzandlarimizni har tomonlama yetuk, komil qilib tarbiyalsh dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. \nBu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tashkiloti tizimini yanada takomillshtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, Maktabgacha ta’lim tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagoglar bilan ta’minlash bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tamonlama intelektual, axloqiy estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yil 29 dekabrdagi 2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi PQ 2707 sonli hamda 2017 yil 9 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-son, 2018 yil 30 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955-son kabi qator qaror, qonun va qonun osti hujjatlari yaratildi. \nShuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotida qo’yingki, hayotimizning barcha jarayonlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz (AKT) tasavvur qilish murakkab bo’lib bormoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalinish ta’lim samaradorligini oshirishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib borayotgani hech kimga sir emas. Shuningdek Maktabgacha ta’lim tashkilotida axborot texnologiyalaridan foydalanish, axborot jamiyatining jadal rivojlanishi, bolalarning bilim olishiga bo’lgan qiziqishlarini sezilarli darajada oshirish mumkin. Haqiqiy narsalar yoki hodisalarning rang harakat va tovushda qayta yaratishga imkon beradi. Ularning qobiliyatlarini kengroq ochishga yordam beradi va aqliy faoliyatini kuchaytirib boradi.Kompyuterning bir vaqtning o'zida matn, grafik tasvir, ovoz, nutq, videorolik, esdalik va jurnali ma'lumotlarini katta tezlikda takrorlash qobiliyati mutaxassislar uchun bolalar uchun barcha mavjud o'yinlar va o'yinchoqlardan tubdan farq qiluvchi yangi faoliyat vositalarini yaratishga imkon beradi. Bularning barchasi maktabgacha ta'limning sifat jihatidan yangi talablari - hayot davomida ta'limning birinchi bo'lagi bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri boyitilgan bolaning rivojlanish salohiyati.Shuning uchun, axborot texnologiyalarini maktabgacha ta'lim va ta'lim tizimiga joriy etish zarur. \n

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references