TANINLAR KIMYOVIY TAHLILIDA YANGI USULLARNI O'RGANISH VA AMALIYOTGA TADBIQ QILISH
Abstract
Zamonaviy ilm - fanning rivojlanishi, yangi tahlil usullarining kashf qilinishi biologik va kimyoviy moddalarning fizik - kimyoviy xossalarini keng o‘rganishga imkoniyatlar yaratmoqda. Biologik va kimyoviy faol moddalar ustida olib borilgan
kimyoviy reaksiyalar ularni miqdor va sifat ko‘rsatgichlarini aniqlashda va ularni standartlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Taninlar ishlab chiqarish va kimyo sanoati, farmatsevtika sanoatining muhim xom - ashyolaridan biridir. Taninlar tabiiy
manbalardan (gallalardan yoki dorivor o‘simlik maxsulotlaridan) olinadi. Ko‘plab epidemiologik ma’lumotlar mavjud bo‘lib, taninlar terining yallig‘lanishi va shikastlanishlarini tashqi davolashda foydalidir va taninlarni qabul qilish surunkali
kasalliklarning boshlanishini oldini oladi. Taninning burishtiruvchi, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi ta’siri bor. U me’da-ichak kasalliklari (me’da-ichak katari, enterit, kolit, ich ketganda), og‘iz bo‘shlig‘i, burun va tomoqning yallig‘lanishi hamda
kuyganni, surunkali ekzemalar va turti yaralarni (nam yara, yiringli yara) davolashda ishlatiladi. Taninlar sifat ko‘rsatkichlari bevosita ular (taninlar) olinadigan maxsulotlar tarkibidagi taninlar miqdori va sifatiga bog‘liq. Ushbu mezonlar kimyoviy reaksiyalar
orqali aniqlanishi mumkin. Yillar o‘tgani sayin moddalarning kimyoviy tahlili takomillashib, turli tajribalar bilan boyib bormoqda. Shu jumladan, taninlar tahlilida bir qator yangi usullar qo‘llanilmoqda. Taninlari dorivor mahsulotlarda bor yoki
yo‘qligini bilish uchun 10% li ajratma tayyorlanadi va quyidagi ikki guruh reaktsiyalar olib boriladi: cho‘ktirish reaktsiyalari va rangli reaktsiyalar. Maqolada taninlar sifat tahliliga oid amalda qo‘llanilib kelayotgan bir qator kimyoviy tajribalar (jelatina
eritmasi bilan cho‘ktirish, alkaloid tuzlari bilan cho‘ktirish, qo‘rg‘oshin atsetat eritmasi yordamida cho‘ktirish, ammoniy sulfat eritmalari bilan cho‘ktirish va boshqalar) bayoni yoritilgan. Shu jumladan, yangi sinov usullari (goldbeater terisi testi, fenazon
testi, jelatin testi, katexin testi, vanillin -xlorid kislotasi testi va boshqa usullar) taklif qilingan va tajriba natijalari keltirilgan. O‘rganilgan usullar va olingan natijalar tahlil qiligan.
Not yet translated