Skip to main content
Article

O'LCHOV TRANSFORMATORLARIDA ERTA DIAGNOSTIKANING ZAMONAVIY USULLARINI TADQIQ QILISH VA ISHLAB CHIQISH

Kurbanbayev Maqsud AdambayevichNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 2-bosqich magistrantiHanidov Eldor RahmonovichNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 2-bosqich magistrantiErgashev Yoqub Hamro o'gliNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 2-bosqich magistranti
ABI

Abstract

<em>Bugungi kunda energetika tizimi sanoatimiz rivojlanishining muhim omillaridan biri bo‘lib qolmoqda. Energetika tizimini tezkor, sifatli va ishonchli ishlashini ta’minlash ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yechishga imkon yaratadi. O‘lchovchi o‘zgartgichlar hamma releli himoya sxemalari uchun umumiy elementlar hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi yuqori kuchlanish zanjirini ikkilamchi himoya zanjiridan izolyasiya qilish, kirish kattaliklarni o‘lchash uchun qulay bo‘lgan kattalikka o‘zgartirishda qo‘llaniladi. Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi o‘lchov transformatorlarida erta diagnostikaning zamonaviy usullarini tadqiq qilish va ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu uning dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘lchovchi o‘zgartgichlarga elektromagnit transformator toklar, va kuchlanish transformatorlari kiradi. Tok transformatorlari ikkilamchi tokini 5 A yoki 1A qilib olishga mo‘ljallangan. Kuchlanish transformatori yordamida esa ikkilamchi kuchlanishni 100V yoki 100 V qilib o‘zgartirishga asoslangan. Tok transformatori birlamchi tokning kattaligini o‘lchov priborlari va rele uchun eng qulay kattalikkacha kamaytirish, shuningdek, o‘lchov zanjirlarini birlamchi yuqori kuchlanish zanjirlaridan ajratish va himoya qilish uchun xizmat kiladi.</em>

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references