Skip to main content
Article

ISKANDAR QISSASI FIRDAVSIY VA NIZOMIY TALQINIDA

Ilyos IsmoilovTashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
ABI

Abstract

. Iskandar mavzusi qadimiy asoslarga tayanadi. Ushbu mavzu G‘arb-u Sharqda birdek mashhur bo‘lib, u o‘ziga xos an’anani yuzaga keltirgan. Tarixan mavzu asosida Aleksandr Makedonskiy hayoti va faoliyatiga oid voqea-hodisalar yotadi. Aleksandr shaxsi o‘z zamonidan keyin tarixchilar orasida shuhrat qozongan bo‘lsa, keyinchalik u adabiyotda ham mashhurlikka erishdi. Xususan, bu mavzu va qissa Sharqqa transformatsiya bo‘lgach, turkum asarlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, “Хamsa” yozish an’anasida yuksak mavqe’ qozondi. Sharqning Abulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi buyuk shoirlari mazkur mavzuda maxsus dostonlar yozdilar. Ularning har biri Iskandar shaxsi va qissasini o‘z ijodiy niyati, dunyoqarashi va saviyasidan kelib chiqib badiiy talqin etdi. Bu borada Firdavsiy va Nizomiy keyingi ijodkorlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi, mavzuning keying rivojini belgilab berdi. Mavzuni adabiy qayta ishlash jarayonida ularning har biri original yo‘ldan bordi. Ushbu maqolada Firdavsiy va Nizomiy tomonidan yozilgan Iskandar haqidagi dostonlarga xos yetakchi xususiyatlar, ularning o‘xshash va farqli jihatlari tadqiq etilgan. Masalaga oid muhim xulosalar bayon qilingan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references