Mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqaruv tashkilotlarining huquqiy maqomi va vakolatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning fuqarolik-huquqiy tahlili
Abstract
Intellektual mulk bozorining mustahkamlanishi va rivojlanishi, qolaversa, muallifning mulkiy huquqlarini individual himoya qilish va boshqarishning qiyinlashuvi mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarga ehtiyoj tug‘dirdi va ularning paydo bo‘lishiga olib keldi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida intellektual mulk, xususan, mualliflik huquqi muhofazasini taʼminlash va uning himoyasini kuchaytirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar mualliflarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, mualliflik asarlaridan ruxsatisiz foydalanishga chek qo‘yish, mualliflik haqini adolatli to‘lanishi va mualliflik huquqiga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish kabi masalalar bilan bog‘liq. Qolaversa, mualliflik asarlaridan ruxsatisiz foydalanish va mualliflarga mualliflik haqini adolatli to‘lanmatyotganlik holatlarining ko‘pligi muallifning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqarish institutini rivojlantirish zaruratining kuchayib borayotganligidan ham dalolat beradi. Mamakatimizda o‘z yechimini kutayogan bir qancha masalalar mavjud bo‘lib, mualliflik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish, xususan, uning muhofazasida mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish va mualliflik shartnomasi bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuninhdek, maqolada ushbu institutni takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim dolzarb muammolarga, mualliflik huquqini himoya qilishning xalqaro standartlariga va milliy qonunchilikning qiyosiy-huquqiy tahliliga, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar olimlarining fikrlariga eʼtibor qaratilgan. Mualliflik huquqini rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Not yet translated