Skip to main content
Article

TEXNIKANING RIVOJLANISH TARIXI

A.T. MamadaliyevNamangan muhandislik-qurilish instituti o'qituvchilariI. UmarovNamangan muhandislik-qurilish instituti o'qituvchilari
ABI

Abstract

<strong>Anotatsiya:</strong> Ushbu maqolada Texnikaning rivojlanish tarixi va Texnika haqida ma‘lumotlar berilgan. Texnika (techne — mahorat, sanʼat) — modadiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Asosiy vazifasi — inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qaʼrini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni oʻzlashtirishga imkon beradi."Texnika'" termini biror ish (hunar) yoki sanʼatda qoʻllaniladigan usullarni ham bildiradi (mas., toʻquvchilik Texnikasi, etikdoʻzlik Texnikasi,shaxmat oʻyini Texnikasi va boshqalar).Texnika vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot i. ch. zaruriyati tugʻilishi bilan yangidanyangi Texnika yaratiladi. Texnika tarixi ibtidoiy jamiyatga borib takaladi. Umuman T. tarixini quyidagi 7 bosqichga boʻlish mumkin: 7— oddiy i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 2 — murakkabroq i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 3 — odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollari yaratilishi; 4 — manufaktura . sharoitida mashina Texnikasining.sining yaratilishi; 5 — ilgʻor mamlakatlarda bugʻ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo boʻlishi; 6 — elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7 — avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik Texnikasining taraqqiy etishi, axborotlar texnologiyasi (mas., internet)ning rivojlanishi.Texnikaning evolyutsiya bosqichi ancha uzoqqa choʻziladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida dastavval tosh qurollar, keyinchalik oʻqyoy, loydan yasalgan idishlar, tosh bolta va mis qurollar paydo boʻlgan.Keyinchalik (mil. av. 4 — 3 ming yillikda) jezdan yasalgan mehnat qurollari vujudga keldi. Keyinroq temir eritish va undan foydalanishga oʻtildi. Xitoyda mil. av. 2357-yillardayoq temir maʼlum edi. Mustahkam mehnat qurollariga boʻlgan talab poʻlat ishlab chiqarish.ga olib keldi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari, charxpalak paydo boʻldi.Harbiy Texnikada oʻq yoydan tashqari poʻlat qilichlardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik qurilishda turli yuk koʻtarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar yoʻllarini yaqin qilish maqsadida suvdan foydalanish uchun daraxt tanasidan qayiq yasashni oʻrgandilar. Keyinchalik koʻp eshkakli kemalar paydo boʻldi. Toʻqimachilik dastgohlari yaratildi. Keyingi davrlarda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik rivojlandi. Yelkanli kemalar, shamol tegirmonlari yaratildi. Texnikada gʻildirakli ogʻir va yengil pluglar paydo boʻldi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references