Skip to main content
Article

Davlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga oid shartnomalarining mazmuni va ularni bajarish muammolari

ABI

Abstract

Maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyatida tuzishi mumkin bo‘lgan shartnomalar va shu shartnomalarni bajarishda uchraydigan muammolar haqida yoritib berilgan. Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuzadigan shartnomalari tasniflangan. Oliy ta’lim muassasalarining odatdagi funksional vazifalarni bajarish bilan bog‘liq shartnomalari hamda qo‘shimcha mablag‘ jalb qilishga qaratilgan shartnomalari farqlab berilgan. OTM tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga bo‘lgan zarurati asoslantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarni kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009-yil 8-aprelda “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 102-son Qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asoslantirilgan hamda Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom (2003-yil 22-fevral, ro‘yxat raqami: 1222)ga quyidagi mazmundagi X1 bob Davlat oliy ta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga oid shartnomalar kiritish maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan. Davlat OTMlarining keng tarqalgan tadbirkorlik faoliyati sifatida tuziladigan ijara shartnomasi va u bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinib , yechimi berilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references