Skip to main content
Article

KIMYO FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH VA ULARNING SAMARASI

ABI

Abstract

<strong>Annotatsiya:</strong> Ushbu maqolada mamlakatimizda oliy o’quv yurtlari va o’rta ta’lim maktablariga berilgan katta e'tibor hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion g’oyalar va texnologiyalardan foydalanish talablari va samarasi yoritilgan. Hozirda barcha fan o‘qituvchilaridan kompetensiyaviy yondashuv asosida bilim berish talab etilmoqda.Ish tajribamdan kelib chiqqan holda men ham o‘quvchilarda xususiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun bir necha mashqlardan foydalanaman.Yoshlarimizning qay darajada mukammal bilimga ega bo‘lishi biz ustozlarning faoliyatiga bevosita bog‘liq.Kimyo faniga o‘quvchining qiziqishini orttirish kelajakda yurtimizda yetuk mutaxassislarning yetishib chiqishi va ilm-fan,texnikaning yuksalishi uchun asos bo‘la oladi. Bugun e’tiboringizga havola etmoqchi bo‘lgan maqolamda kimyoning hayotimizdagi o‘rni va dars jarayonlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida fikr yuritar ekanman, uning o‘quvchilarimizning kimyo faniga qiziqish darajasi ortishining ahamiyatiga to‘xtalaman.Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilganligidir. Zamonaviy texnologiyalar esa ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatordaboshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Yangilangan ta‘lim mazmuni asosida yaratilgan kimyo fani darsliklarining hamma bo`limlariga mo`ljallangan mashg‘ulotlarda darslar ta‘rif, qoida bilan boshlanmasdan, boshqa fanlar bilan uzviy bog’liq holda boshlanadi. Mana shu o`rinda o`qituvchi mahorati, qobiliyati, o'quvi namoyon bo`ladi. Ana shu jarayonda bir faoliyat usulidan bosqichma-bosqich ikkinchi faoliyat usuliga o`tishi shakllanadi. Kimyo fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, o‘z-o‘zini anglash salohiyati shakllantiriladi,rivojlantiriladi. Ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlar beriladi hamda mavzular doirasida kompentensiyalar shakllantiriladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references