Skip to main content
Article

YOSHLARDA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA FUQAROLIK TARBIYASI-YETAKCHI OMIL SIFATIDA

ABI

Abstract

<strong>Annontatsiya: </strong>Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchi shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etilishidir. Huquqiy tarbiya-tarbiya jarayoning ajralmas qismi bo`lib, jarayonning samarali natijasi-bu yuksak huquqiy ong va madaniyatga ega bo`lgan yoshlardir. Fuqarolik tarbiyasining tizimli va uzluksiz amalga oshirilishi bunday yoshlarni tarbiyalashda asosiy bo`g`indir. Ma’lumki, so`ngi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning, xususan yoshlarning huquqiy madaniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish masalasiga davlat siyosatining muhim yo`nalishi sifatida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan vazifalarning mustaxkam huquqiy asoslari ham yaratilgan. ”Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi PF-5618- sonli Prezident farmonining qabul qilinishi va bu farmonning birinchi ilovasida tasdiqlangan ”Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” ning ishlab chiqilishi hamda ”Yoshlarni ma’naviy, axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim- tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish chora- tadbirlari to`g`risida” gi PQ-3907- sonli Prezident qarorining qabul qilinishi va bu qarorning birinchi ilovasida tasdiqlangan ”Yoshlarni ma’naviy, axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim- tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`trish bo`yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi” da yoshlarni huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o`rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish masalasi ustuvor yo`nalishlaridan biri etib belgilanganligi yuqoridagi fikrlarning yaqqol dalilidir.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references