BОSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI O'QITISHNING ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI QULAYLIKLARI
Abstract
<strong>Anotatsiya</strong><strong>:</strong> Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o’qitishning zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni avzalliklari va qulayliklari xaqida ma'lumotlar berilgan. Xamda ta'lim sifatini oshirishni samorador usullari keltirilgan. Xalq ta'limi vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda respublikamizda boshlang'ich sinf o'quvchilari soni jami 2129389 nafarni tashkil etadi. Ularga 111866 nafar pedagog saboq berib kelmoqda. Xozirgi kunda davlatimiz tomonidan o'qituvchilarning darslarga ijodiy yondashishini ta'minlash, ular faoliyatiga ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hamda o'quvchilarning dastlabki bilim egallash poydevori mustahkam bo'lishi, barcha fanlarni o'zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelmoqda.Hozirgi davr o'qituvchi va o'quvchi oldiga katta talablar qo'ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalariga, maktablardagi turli xil o'quv mashg'ulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali o'quvchilarni turli bilim va ko'nikmalarni egallab olishidir. Bugungi kunda ta'lim jarayonini to'g'ri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o'rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yana-da qiziqarli bo'lishiga ko'mak beradi, buning uchun esa o'qituvchi o'z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qilaolaman» deya o'ziga savol berishi ya'ni, an'anaviy ta'limdan qochib, noan'anaviy ta'lim berishga intilishi lozim.Ma'lumki, ta'lim bu o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorligidagi faoliyat turi bo'lib, dars orqali o'qituvchi o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni o'zlashtirib olishi natijasida undan foydalanish kompetensiyalariga ega bo'ladi. Yangi bilimlarni o'rganish jarayonida esa o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishlari tabiiy hol masalan, ma'lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etish kabi jarayonlarda amalga oshadi.Hozirgi kunda umumta'lim maktablarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish eng muhim ko'rsatkichlaridan biri ekanligi yetuk pedagog olimlar tomonidan e'tirof etilganligi xech kimga sir emas. Jumladan, U.Sh.Begimkulov ta'lim jarayonida hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan kompyuter axborot muhitini yaratish hamda ta'lim jarayonida multimedia, o'qitishda immitatsiya, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi yordamidakiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma'lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi.
Not yet translated