KIMYONI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Abstract
<strong>Annotatsiya: </strong>Ushbu maqola Kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, kimyo o`qitish metodikasiga mo’ljallangan bo’lib, kimyo o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligiga zamin tayyorlaydigan kimyoni o`qitishning zamonaviy texnologiyalari va o’quvtarbiya jarayonini loyihalashtirish mazmunini o`zida ifoda etadi. Uzluksiz ta’lim tizimida davlat buyurtmasi va ijtimoiy talabga muvofiq har bir ta`lim muassasasi va unda xizmat qiluvchi pedagog-kadrlar zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, el-yurtga sadoqatli milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o`z burchi va javobgarlini his eta oladigan, raqobatbardosh barkamol shaxsni tarbiyalash va kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish yuklatilgan. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish bilan uzviy ravishda bog'liq. Ta`lim jarayonida yuqori sifat va samaradorlikka erishish ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab qiladi. «Innovatsiya» iborasi inglizcha so’zdan olingan bo’lib, «innovation» - «yangilik kiritish», «yangi g’oya» degan ma’nolarni bildiradi. Innovatsion o’qitishda bilimlar vazifasi o’zgaradi. Ya’ni, avvalgi doimiy yod olishdan mantiqiy fikrlash, izlanishga o’tiladi. Bunday faoliyat o`quvchi faoliyatidagi ijodkorlikni rivojlantiradi. U o’z tengdoshlari va o’qituvchisi bilan o’zaro faol «sub’yekt-sub’yekt» munosabatlariga kirishadi. O'qitish jarayoni dinamik va barhayot jabha bo`lganligi tufayli ham unga yangilik kirishi va yangilanish amaliyotining davom etishi tabiiydir. Shuning uchun ham, sinalgan va samara beradigan zamonaviy texnologiyalarni qo'llash zaruriy holdir. Kimyoni o`qitishda eng ko’p tarqalgan va xususiyatga ega bo’lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar quyidagilar hisoblanadi: suhbat, bahs, o’yin, keys-stadi, loyihalar usuli, muammoli usul, aqliy hujum va boshqalar hisoblanadi.
Not yet translated