Skip to main content
Article

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA YANGI PEDAGOGIK METODLAR

ABI

Abstract

<strong>Annotatsiya: </strong>Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va yangi pedagogik metodlarni bir vaqtda tashkillashtirishning ahamiyati katta ekanligi xususida fikrlar yuritilgan. Fikrlarimizni asoslash uchun shu kabi metodlardan ba’zilarini keltirib o‘tdik. Hozirda zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Har bir sohaga ilm-fanda erishilgan eng so‘ngi yutug‘lar, zamonaviy texnik vositalar kirib bormoqda. Shuningdek, ta’lim sohasida ham buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Turli xil multimedia vositalari, elektron daskalar va boshqalar shular jumlasidandir. Darslarni tashkillashtirishda yuqorida ko‘rib o‘tgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘z navbatida yangi metodlarni qo‘llagan tarzda o‘tkazishni taqoza etadi. Bu metodlar bevosita zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan birgalikda olib borilishi lozim. Darsni sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi lozim. Bu tarzda darslarni tashkillashtirish, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarida yaxshi samara beradi. Chunki boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning psixologik holati katta sinf bolalarinikidan ancha farq qiladi. Ularni darslarga qiziqtirishda yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati katta bo‘lib, asosan, ko‘rgazmali qurollar, turli interfaol o‘yinlarni pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarida qo‘llash ancha qiziqarli va oson kechadi. Quyida shunda metodlardan bir qanchasini ko‘rib chiqamiz. Rang va shakllar boshqotirmasi. Bu metod o‘zining ko‘plab spetsifik xususiyatlari bilan boshqa metodlardan ajiralib turadi. Chunki bu metodda boshlang‘ich sinf o‘quvchilar bir vaqtning ichida o‘tilayotgan darsdan tashqari rasm darsini, geometrik shakllarni ham o‘rganishi mumkin. Rang va shakllar boshqotirmasi metodi quyidagi shaklda tashkillashtiriladi: - Elektron daskaga rang va shakllar boshqotirmasining tasviri tushuriladi. Tasvirda vertikal holatdagi rangli shakllar joylashgan bo‘ladi. - 1 – aylana, 2 – uchburchak, 3 – to‘rtburchak… va h.k. Shakllar mavzuni talabidan kelib chiqib ortib boraverishi mumkin. - U shakllarga gorizantal holatda xuddi shu shakllar o‘rin almashgan holatda joylashtirilib chiqiladi. - O‘tilayotgan mavzunning savoli yoki jumboqli qisqa jumlalari, so‘zlari birinchi ustundagi rangli shakllarga yozib chiqiladi. - O‘sha savollarning javobi esa keyingi ustundagi rangli shakllarga yoziib chiqiladi. - O‘quvchilar esa navbatma-navbat daskaga chiqib savollar yozilgan rangli shakllarni to‘g‘ri javob yozilgan rangli shakllarga birlashtirishi lozim bo‘ladi. - O‘quvchi savolga to‘g‘ri javob topgan bo‘lsa ikkita rang birlashgan holda yangi rang hosil bo‘ladi. - O‘quvchi savolga noto‘g‘ri javob bergan bo‘lsa ranglar birlashmaydi. Ko‘rib o‘tganimizdek bu metod interfaol o‘yin shaklida olib boriladi. Bir qarashda metod soddadek ko‘rinadi, lekin guvohi bo‘lganimizdek u o‘quvchini o‘ylashga majbur qiladigan qiziqarli interfaol o‘yin hisoblanadi. Interfaol metodlar – shunday metodlarki, u o‘quvchilarning o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usuldir. “Interaktiv” so‘zi ingliz tilidan olingan “Interakt”, ya’ni “Inter” – o‘zaro, “akt” – harakat, ta`sir, faollik ma’nolarini beradi. Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklarini ko‘rib chiqsamiz:

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references