Skip to main content
Article

HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASI VA YOSHLAR

ABI

Abstract

Mamlakatimiz mudofaasini mustahkamlash masalalarini muvaffaqiyatli xal etish yoshlar tarbiyasi, siyosiy ongi, mexnat faoliyati va ilmiy-texnika rivojlanishi tezligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ona zaminga avlod-ajdodlar yaratgan meroslar asrlar davomida shakillangan milliy qadriyatlar va tajribalarga tayaangan holdagina vatanparvar yoshlarni tarbiyalash munkin. Tarbiyalash – bu insonlarni jamiyat mehnat yoki boshqa foydali faoliyatiga, shu bilan birga ko‘p qirrali ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlashning ob’ektiv asoslangan jarayonidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev aytib o‘tganlaridek: <em>"Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda".</em> Yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlar, shuningdek milliy mafkura asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlarda mafkuraviy tushunchalar bilan tarbiyalanar ekan, ularda dastlab vatanparvarlik ruhini shakllantirmoq muhim. Zero, milliy qadriyatlar halqimizning azaliy an’nalari, udumlari, ona tili, ruhiyatiga asoslanib, ertangi kuniga ishonch uyg‘otadi. Insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, insof, diyonat, adolat, ma’rifat, vatanparvarlik tuyg‘ularini paydo qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references