Skip to main content
Article

BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

ABI

Abstract

Annotatsiya: Taqdim etilayotgan bu maqolada biologiya darslarida qo’llaniladigan samarali interfaol usullar, tadbir va ochiq dars ishlanmalaridan namunalar keltirilgan bo’lib, bu jamlanma biologiya fani o’qituvchilari uchun xizmat qilsa ajab emas. 1.“Kamalak” usuli . Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.Bunda birinchi ustindagi asosiy tushunchalar har xil ranglarda beriladi. Jadvalning qolgan qismlarida so’zlar aralash yozilgan bo’ladi. O’quvchilar ushbu tushunchalarni asosiy tushuncha ranglariga mos ranglarda ifodalahslari shart.Bunda jadval bo’yatiladi yoki yopishuvchi rangdor qog’ozlar to’plamidan foydalanib to’ldiriladi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, bir paytning o’zida 9 nafar o’quvchining bilimi sinab ko’riladi. Dastlabki holati Mitoz
Konyugatsiya, krossingover sodir bo’ladi.
Xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hujayralar hosil bo’ladi.
Yumaloq, amyobasimon shaklli, harakatsiz hujayra
Meyoz

Bu hujayralar ma’lum shakl va hajmga ega bo’ladi
Gametogenez, spermatogenez, ovogenez
Sitoplazma bo’linib, ikkita yangi qiz hujayra hosil bo’ladi.
Jinsiy hujayralar

Anafaza II da sentromera bilan birikkan xromatidlar bir biridan ajraladi.
Somatik hujayralarning bo’linish usuli
Mitoz va meyoz bo’linish kuzatiladi.
Tayyor holati
Mitoz
Konyugatsiya, krossingover sodir bo’ladi.
Xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hujayralar hosil bo’ladi.
Yumaloq, amyobasimon shaklli, harakatsiz hujayra
Meyoz

Bu hujayralar ma’lum shakl va hajmga ega bo’ladi
Gametogenez, spermatogenez, ovogenez
Sitoplazma bo’linib, ikkita yangi qiz hujayra hosil bo’ladi.
Jinsiy hujayralar
Anafaza II da sentromera bilan birikkan xromatid-lar bir biridan ajraladi.
Somatik hujayralarning bo’linish usuli
Mitoz va meyoz bo’linish kuzatiladi. Topshiriq javoblari albatta tahlil qilinadi. Noto’gri belgilangan tushunchalar to’grilanadi.Bu topshriqni to’g’ri bajargan o’quvchilar bir ballni qo’lga kiritishadi.
2.”Domino” usuli. Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.Bunda o’quvchilar atama yoki biologiya faniga oid so’zning oxirgi harfiga keyingi so’zni bog’laydi.Masalan:
Amyoba-askarida-ayiq-qo’ng’iz-zigota va hokoza.
3.”Pochta qutisi”usuli. Bu usulni guruhlarda ham, kichik juftliklarda ham qo’llash mumkin.Bunda o’quvchilarga turli mavzular yuzasidan aralash atama va tushunchalar aralash holatda beriladi. Pochta qutisi berilgandan so’ng o’quvchilarga quti ichidagi so’z yoki atamalarni mos tarzda ajratishi aytiladi.Masalan: Tobulg’i, archa, vergin, savr, maymunjon, itsigak, bo’ritaroq, afsonak, yeryong’oq, talg’ir lola, qarag’ay, sarvi archa. Bunda ochiq urug’li va yopiq urug’li o’simliklarni ajtaring deb topshriq beriladi. Topshiriqni bajarish uchun so’zlar soniga qarab vaqt beriladi.Bundan tashqari ikki oila o’rtasida(6-sinflarda), ikki sinfni , turkumni(7-sinflarda), ichki, tashqi, aralsh bezlarni, odam organizmidagi organlarni(8-sinflarda) bir biridan ajratib olishida ham qo’llash mumkin.
4.”Matn+test” usuli. Bunda o’quvchilarga matn o’qib beriladi yoki ovozli moslama yordamida matn eshittiriladi. O’quvchilar diqqat bilan tinglaydi va quyida beriladigan testlarning yechimini topishadi.Bu usul orqali o’quvchilarning diqqat va xotirasi mustahkamlanadi.Bu usul butun sinf bilan ishlaganda qo’llanadi. Masalan: Bir tup o’simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa, uzunligi 20 kmga yetishi mumkin.Ildiz tukchalarining faoliyati 10-20 kun davom etadi.Ildizning po’st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo’ladi.Makkajo’xorining 1 mm2 so’rish qismida 700 ta ildiz tukchalari bo’ladi.G’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda 2-3 sm o’sadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references