AMINXOʻJA MIRZAXOʻJA OʻGʻLI MUHAMMAD (MUQIMIY)
Abstract
Muqimiy ijodini o’rganish uning hayotlik chog’idan boshlangan. She’rlariga bildirilgan turli-tuman munosabatlar haqidagi bahslar, maqolalar bunga dalil bo’ladi. Shoir vafotidan to’rt yil keyin uning devoni “Devoni Muqimiy” nomi bilan ilk bor 1907-yilda Muqimiy Nikolay Ostroumov tomonidan nashr etilgan1 . Unda shoirning she’riy asarlari bilan birga tarjimayi holi va ijodi haqida qisqacha ma’lumot ham berilgan.1910-yili Portsev litografiyasida “Devoni Muqimiy maa hajviyot” nomi bilan shoir asarlarining ikkinchi nashri amalga oshirildi. Gazeta va jurnallarda qator maqolalar e’lon qilindi. Bu xayrli ishning boshida buyuk shoir G’afur G’ulom turdi. Uning tashabbusi bilan 1938-yil “Muqimiy bayozi” tuzilib nashr etildi. ”Bayoz”da shoirning 800 misradan iborat 27 ta she’ri berilgan bo’lib, ular janr xususiyatiga qarab joylashtirilgan (Satira-yumor, lirika) va ularga zaruriy izohlar, lug’atlar berilgan.
Not yet translated