Skip to main content
Article

MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY FIKRLASH USULLARI

Tojihalilova Habibahon MahmudovnaAndijon Viloyati Bo'ston Tumani 10-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktabi boshlanğich sinf oʻqituvchisi
ABI

Abstract

<strong> Annontatsiya: </strong>Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o`qitishning asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo`yicha bilimlar berish bilan birga ularga o`rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo`lishini ta‘minlash, ularni qo`llay olish ko`nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo`llashlari uchun zarur ko`nikma va malakalarni shakllantirish boshlanqich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim. SHu nuqtai nazardan o`quv jearayonida matematik masalalar, jumladan hayotiy mazmunli,ularning to`plagan tajribasiga asoslangan masalalarni echish usullariga va ularni qo`llashga o`rgatish o`ziga xos xususiyatlarga ega, ularni ta‘lim mazmuni va o`rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda foydalanish, o`zaro aloqadorlikda va o`quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qo`shgan holda o`qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish va amalda qo`llash o`qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Boshlang’ich ta‘limda matematika o`qitishning asosiy maqsadlaridan biri ham o`quvchilar intellektual tafakkurini shakllantirish asosida o`quvchilar qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish hisoblanadi. Demak, boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar tushunchasini mohiyatini va hisoblash usullarini etkazish uslubiyatini ishlab chiqish o`z ichiga o`quvchilarda umuman boshlang’ich matematika asosiy tushunchalarni shakllantirish va ularni amalda qo`llay olish ko`nikma va malakalarini rivojlantirishni oladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references