Skip to main content
Article

YANGI O'ZBEKISTON BOSIB O'TAYOTGAN YO'L

ABI

Abstract

<strong>Annotatsiya: </strong>Yangi O‘zbekiston — demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va printsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlat ekani alohida qayd qilingan. Bugun O‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu yo‘lda u jahonning ko‘plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do‘stona hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti. Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan yetakchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Qisqa davr ichida O‘zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga asos bo‘luvchi ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Shunga monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda. Yangi O‘zbekiston — demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va printsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlat ekani alohida qayd qilingan. Bu demokratik o‘zgarishlar esa kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, balki xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o‘ylab, milliy manfaatlarimiz yo‘lida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so‘z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko‘nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir. Yangi O‘zbekiston iborasida haqida to‘xtalganda, eng avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash ko‘z oldimizda gavdalanadi. O‘tgan besh yilda bu borada qilingan ishlarni sanab adog‘iga etolmaysiz. Endi ko‘p yillardan buyon odamlarni qiynab kelgan elektron kartochkadagi pullarni bankomatlar orqali naqd pulga aylantirish, milliy valyuta kursining “qora bozor”da — bir xil, banklarda esa boshqacha bo‘lishi, xorijiy val yutalarni sotib olish, fuqarolikka ega bo‘lish, O‘zbekistonning istalgan hududidan uy-joy va mol-mulk sotib olish hamda ularni ro‘yxatga qo‘yish bilan bog‘liq qator muammolar tarixda qoldi. So‘nggi besh yilda davlatimiz rahbarining mustahkam siyosiy irodasi tufayli tadbirkorlar o‘z biznesini rivojlantirish uchun erkinlik va yangi - yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xo‘jaliklari o‘zlari etishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda. Bularning barchasi Prezidentimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida tunu kun tinim bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlarini safarbar etayotgani hamda bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga ko‘tarilib borayotganidan dalolat beradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references