Skip to main content
Article

АHOLINI DORI VOSITАLАRI VА TIBBIYOT BUYUMLАRI BILАN TА'MINLАSHDА DАVLАT BOSHQАRUVINING ROLI

ABI

Abstract

Maqolada mamlakatimiz aholisi va tibbiyot muassasalarini arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirishni, dorixona muassasalarining farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtirishni va nazorat qilishni ta’minlashda davlatning tegishli davlat organlari, tashkilotlari va korxonalarining faoliyati o’rganib chiqiladi. Maqolada ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholini arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilashga doir islohotlar tahlil qilinadi. Bunda “Dori-Darmon” aktsionerlik kompaniyasi, Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi, O'zbekiston farmasevtika sanoati ("O'ZFARMSANOAT") davlat-aksionerlik konserni hamda “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonalarini huquqiy faoliyati va vazifalari o’rganiladi. Mazkur o`rganishlar orqali mamlakatimizda aholini sifatli dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirishni, dorixona muassasalarining farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtirishni va nazorat qilishni ta’minlashda davlatning tegishli davlat organlari, tashkilotlari va korxonalarning rolini aniq vazifalarga yo`naltirish, ularga yuklatilgan vakolatlarni takrorlanishini oldini olish, shuningdek dori-darmon xaridi bo`yicha yuzaga keladigan korrupsiyaga oid shart-sharoitlarni bartaraf etish bo`yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references