Skip to main content
Article

ILK BOLALAR BOG'CHASI O'ZBEKISTONDA

ABI

Abstract

O‘lkamizda XIX asrning 80-90-yillariga kelib maktabgacha ijtimoiy tarbiya tizimini vujudga keltirish g‘oyalari yetila boshlandi. O‘sha davrda yashab ijod etgan ma’rifatparvar mahalliy ziyolilar ayollarning og‘ir ahvoli va bolalar nazoratsizligini e’tiborga olib, bu masalaning yechimini izlay boshlaydi. Jumladan, 1872 yilda Turkistonda tuzilgan «Jamiyati xayriya» tarkibiga kirgan ziyolilar vakillari tomonidan miskinlar uylari, tunash joylari, ilk tug‘uruqxonalar bilan bir qatorda, ota-onasi bo‘lmagan bolalar uchun yetimxonalar (dastlabki bolalar uylari) tashkil etildi. Butun Turkiston bo‘yicha 150-200 nafar bolani qamrab olgan ushbu yetimxonalarda ham yasli yoshidagi, ham maktab yoshidagi bolalar tarbiyalangan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references